Eron Pro ligasi. "Istiqlol" Ashurmatov o‘ynagan bahsda g‘alaba qozondi
Eron Pro ligasining 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Fajr Sepasi" o‘z uyida "Istiqlol"ni qabul qildi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Dastlab, "Istiqlol" futbolchisi Saharhizan hisobni ochgan bo‘lsa, 45+1-daqiqada Mehdi muvozanatni tikladi. 88-daqiqada esa Ro‘zbeh Chesmi gol urib, jamoasining 3 ochko qo‘lga kiritishini ta’minladi.
Shuningdek, o‘zbekistlonlik himoyachi Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu tariqa, Sohrab Bahtiyorizoda shogirdlarining ochkolari soni 41 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar