Eron Pro ligasi. O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Persepolis" g‘alaba qozondi

  • 14.12.2025 19:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eron Pro ligasining 14-turidan o‘rin olgan bahsda "Persepolis" jamoasi "Alyuminium Arak" ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 3-daqiqada Bifuma tomonidan urildi. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushib, 78-daqiqaga qadar harakat qildi.

Shu tariqa, Tehron klubining jamg‘argan ochkolari soni 25 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!