
Eron terma jamoasi oktyabrda Rossiya va Tanzaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashadi
Eron terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Rossiya va Tanzaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.
Dastlabki uchrashuv 10 oktyabrda Volgogradda Rossiya bilan bo‘lib o‘tadi. Keyingi bahs esa Dubayda Tanzaniya bilan o‘tkaziladi. Bellashuv sanasi 14 oktyabr.
Eslatib o‘tamiz, Eron sentyabr oyidagi FIFA kunlarida CAFA musobaqasida qatnashib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar