Eron terma jamoasini Ole-Gunnar Sulsher boshqaradimi?

  • 13 iyul, 2022, 12:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eron futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga Ole-Gunnar Sulsher nomzodini ko‘rib chiqdi.

“Foot Mercato” nashri xabariga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis forslarni boshqarish uchun asosiy favorit hisoblangan, biroq murabbiyning qit’adoshlarimizning taklifiga rad javobini bergan.

49 yoshli norvegiyalik 2018 yilda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi. Biroq o‘tgan yilning noyabr oyi qoniqarsiz natijalar sabab ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, Ole-Gunnar “Molde” va “Kardiff” klublariga ham ustozlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Eron futbol federatsiyasi bosh murabbiy Dragan Skoshichni ishdan ketganini rasman e’lon qilgan edi. Shuningdek, nomzodlar qatorida  Ali Kalonui, Ali Dai, Javod Nekunam kabi mutaxassislar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!