
Eronda mashmasha: "CAFA finalida "Istiqlol" futbolchilari Oston O‘runovni sindirishga o‘ynadi(mi)?
8 sentyabr kuni Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida "CAFA Nations Cup" final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda vakillarimiz qo‘shimcha bo‘limlarning oxirgi daqiqalarida g‘alabani ilib ketdi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng eronlik taniqli sharxlovchi Mazdak Mirzeyi kechagi bahs to‘g‘risida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirgandi.
"Terma jamoamizning 13 yildan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgani haqida to‘xtalmoqchi emasman, men faqat “Persepolis” futbolchisi Oston O‘runovning 75 daqiqa ichida 19 marta qilgan driblingiga e’tiborimni qaratdim”- deb yozgan 54 yoshli sport sharxlovchisi.
Bundan tashqari, hozir Tehronning ikki jamoasi "Persepolis" va "Istiqlol" muxlislari o‘rtasida ham bahs ketmoqda.
Eron nashrlaridan birida quyidagicha xabar yozilgan:
"Eron terma jamoasi va "Istiqlol" futbolchilari Aref Agasi, Ro‘zbeh Sheshmi va Ramin Rizoyan Oston O‘runov Eron Pro-ligasida o‘ynay olmasligi uchun atayin unga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
Biroq O‘runov formada ekani ko‘rinib turibdi. Hatto Shomurodov tepgan penaltini ham O‘runov ishladi", - deya yozilgan xabarda.
Fikrlar