Errol Spens va Menni Pakyao jangi oldidan ilk bora yuzma-yuz keldi (video)

  • 12.07.2021 09:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksda 8 vazn jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona bokschi, filippinlik afsona Menni Pakyao (62-7-2, 39KO) o‘zining navbatdagi jangini yarim o‘rta vazn toifasida (-66,8 kg) WBC va IBF chempioni Errol Spensga (27-0, 21KO) qarshi o‘tkazadi. 21 avgust kuni Las-Vegas shahrida "T-Mobile" arenasida o‘tkaziladigan jang oldidan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bokschilar o‘zaro "Face-to-Face" marosimida ishtirok etdi.

video_2021-07-12_09-37-14

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!