Ertaga "Navbahor" stadionida qanday mozayka namoyish etiladi? (Foto)

  • 8 mart, 2021, 21:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertadan "Superliga-2021" start oladi. 9 mart sanasida yangi mavsumning ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. AGMK Olmaliqda "Lokomotiv"ni qabul qiladi. "So‘g‘diyona" mehmonda "Navbahor" bilan kuch sinashadi.

Namangandagi ochilish o‘yiniga muxlislar ajoyib tayyorgarlik ko‘rdi. Klub muxlislarining telegramm kanallarida ertaga "Markaziy" arenada mozayka hosil qilinishi va u qanday ko‘rinishda bo‘lishi aks etgan rasmlar tarqaldi. Markaziy tribunalarda qizil rang, bayroq va jamoa chempion bo‘lgan yili hamda 2021 yil yozuvlari aks etgan. 

Quyida ertaga 18:30da boshlanadigan "Navbahor" - "So‘g‘diyona" bellashuvida yaratiladigan mozaykaning fotosi bilan tanishing:

photo_2021-03-08_18-17-57

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!