
Ertaga qaysi sportchilarimiz Tokio-2020 da ishtirok etadi?
Xabaringiz bor, bugun o‘zbekistonlik sportchilar Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bahslarga kirishdi.
Ertaga 26 avgust kuni 4 nafar hamyurtimiz Paralimpiya o‘yinlarida ishtiroki etadi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jaev va Islam Aslanov, ayolar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova va Nigoraxon Mirzohidova saralash bahsida startga chiqadi.
Quyida sportchilarimizning startga chiqish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan).
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini Uzreport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar