ESPN APLning ramziy jamoasini tuzib chiqdi. MYudan bir futbolchi tarkibga kiritildi!

  • 29.05.2025 13:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

ESPN telekanali tahlilchilari 2024/2025 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Angliya Premer-ligasining ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Aleksandr Isak va boshqa yulduzlar o‘rin oldi.

Darvozabon: Matts Sels.

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Jeyms Tarkovski, Virjil van Deyk, Entoni Robinson.

Yarim himoyachilar: Yuri Tilemans, Brunu Fernandesh, Koul Palmer.

Hujumchilar: Luis Dias, Muhammad Saloh, Aleksandr Isak.

Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumda APL chempionligini "Liverpul" qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni "Arsenal", uchinchi o‘rinni esa "Manchester Siti" egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!