Eto′O va qizi sudlashmoqda

  • 4 iyul, 2023, 17:15
  • 0
  • Futbol

Samyuel Eto′Oning qizi otasini bir yillik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilmoqda. 

2022 yil fevral oyida "Barselona", "Inter" va Kamerunning sobiq hujumchisi to‘rt yillik sud jarayonidan so‘ng Erika Do Rosario Nievesni o‘zining qizi deb tan oldi. Sud Eto′Oga oyiga 1400 evro miqdorida aliment to‘lash majburiyatini yukladi.

Ta’kidlanishicha, sobiq futbolchi bu majburiyatdan bo‘yin tovlagan - u 5 yil davomida aliment to‘lamagan. Qizning advokati Fernando Osunaning aytishicha,Samyuelning qarzi 90 ming evro.

"U qiziga besh yildan ortiq aliment uchun qarzdor va adolatni mensimaslikda davom etmoqda. Erikaning moliyaviy ahvoli juda yomon, Eto′O esa hashamatda yashaydi", - dedi advokat "El Diario de Sevilla" nashriga bergan intervyusida.

Erika Do Rosario Nieves Eto′Oni bir yillik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilmoqda. Ish Madriddagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!