Ettita gol egan David de Xea maoshi pasayishiga ko‘ndi

  • 7 mart, 2023, 21:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda.

Tecno

Kuni kecha ispaniyalik posbon “Liverpul”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda o‘z darvozasidan ettita to‘p olib chiqqan edi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, tajribali golkiper jamoada qolish uchun yangi bitimda maoshi keskin pasayishiga rozilik bergan.

David de Xea 2011 yildan beri manchesterlik darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. U quruq uchrashuvlar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. David jami 181 ta uchrashuvda gol o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!