
"Everton" 38 yoshli Eshli Yang bilan shartnoma imzolaydi
Eshli Yang faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli himoyachi bugun mersisaydliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.
Daily Mail’ning yozishicha, Yangga Premer-liga debyutanti hisoblangan "Luton" ham qiziqish bildirgan.
Angliyalik futbolchining so‘nggi klubi "Aston Villa" bo‘lib, u iyun oyida birmingemliklar safini tark etgan. U bundan avval "Inter", "Manchester Yunayted" va "Uotford" klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar