«Everton» klubini sotish bo‘yicha jarayon boshlandi

  • 09.10.2026 15:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning mashhur futbol jamoalaridan biri bo‘lgan "Everton" klubi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lumot berdi. Klubning amaldagi egasi The Friedkin Group (TFG) yangi xaridor izlayotganini rasmiy tasdiqladi.

Kompaniya bayonotida ta’kidlanishicha, TFG "Everton"ni boshqaruvga olgan paytda klub jiddiy moliyaviy noaniqlik va qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz bo‘lgan.

"TFG "Everton"ni qabul qilib olganida, klub maydonda ham, maydondan tashqarida ham jiddiy muammolarga duch kelgan edi, - deyiladi kompaniya bayonotida. - Birinchi navbatdagi vazifa klub kelajagini ta’minlash uchun zarur barqarorlik, sarmoya va qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Shu jumladan, sodiq muxlislarimizga ancha vaqtdan beri va’da qilinayotgan yangi stadion qurilishini yakunlashga ko‘maklashish muhim edi. Hozir bu poydevor ishonchli tarzda yaratilgan bir paytda, "Everton" rivojlanishining keyingi bosqichi haqida o‘ylash uchun qulay fursat keldi. Biz takliflarni faqat klubni olga boshlab, erishilgan yutuqlarni rivojlantira oladi, deb ishon gan tomonlardangina ko‘rib chiqamiz".

The Friedkin Group "Everton" klubini 2024 yilda sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda jamoa Angliya chempionatida 13-o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda esa "Everton" besh turdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yettinchi pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!