"Everton" "Manchester Siti" vingerini butunlay sotib olmoqchi

  • 21.12.2025 00:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" "Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilishni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. 30 yoshli futbolchi hozirda "irislar" safida ijara asosida harakat qilib kelmoqda. 

Tecno

"Football Insider" nashri ma’lum qilishicha, Grilish bilan hamkorlikni davom ettirishdan shaxsan "Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes ham manfaatdor. Liverpul klubi "shaharliklar" bilan 34 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga futbolchining to‘laqonli transferi bo‘yicha kelisha olishiga umid qilmoqda. 

Ijara shartnoma shartlariga ko‘ra, "irislar" Jekni hech qanday muzokaralarsiz 57 millionga evroga sotib olishlari mumkin. 

Ma’lumot uchun, angliyalik vinger joriy mavsum Devid Moyes qo‘l ostida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!