
Evro-2020. Niderlandiya maksimal natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi
Evropa chempionati 3-turidan o‘rin olgan Shimoliy Makedoniya va Niderlandiya jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda "uchar gollandlar" 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 24-daqiqada Memfis Depay hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Jorjino Veynaldum 8 daqiqa ichida dubl qayd etib, jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Shu tariqa, 3 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan niderlandiyaliklar 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. O‘z etakchisi Goran Pandev so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan Shimoliy Makedoniya esa, birorta ochko to‘play olmadi.
Fikrlar