"Evro-2020"ning eng tomoshabop o‘yinida Germaniya Portugaliya darvozasiga 4 ta gol urdi (video)

  • 20.06.2021 00:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionati “F” guruhining 2-tur markaziy bahsida Portugaliya va Germaniya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 2:4 hisobida nemislarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Germaniya terma jamoasi hisobiga yozilgan 2 ta golni portugalilik futbolchilar - Ruben Diash (35' avtogol) va Rafael Gerreyru (39' avtogol) o‘z darvozasiga kiritib yubordi. Qolgan 2 ta golga Kay Xaverts (51') va Robin Gosens (60') mualliflik qildi. Portugaliya terma jamoasining 2 ta javob golini Krishtianu Ronaldu (15') va Diogu Jota (67') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!