"Evro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video)

  • 14.05.2021 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Youtube videoxostingida joriy yil bo‘lib o‘tadigan “Evro-2020”ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi.

Ushbu kompozitsiyada dijey Martin Garriks va mashhur U2 guruhi ishtirok etdi. Madhiya We Are The People (“Biz – insonlarmiz”) deb nomlanadi.

Ta’kidlash kerakki, Evropa chempionati aslida 2020 yilning yozida o‘tkazilishi lozim edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa bir yilga kechiktirildi.

“Evro-2020” joriy yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar 11 ta shahardagi 11 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!