Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Evro-2024"ga yo‘l olgan so‘nggi 3 ta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Ular qaysi guruhlarga joylashishdi?

"Evro-2024" saralashining pley-offidan o‘rin olgan 3 ta bahs o‘z nihoyasiga etdi. 

Gruziya - Gretsiya uchrashuvida hisob ochilmadi va penaltilar seriyasida gruziyaliklar g‘alaba qozondi. Jamoa "F" guruhidan o‘rin oladi.  

Ukraina esa Islandiyani taslim qildi. Dastlab, Gudmundsson hisobni ochgan bo‘lsa, Tsigankov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Mudrik 84-daqiqada g‘alaba golini urdi. Rebrov shogirdlari "E" guruhidan joy oldi.

Polsha Uelsni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, Germaniyaga boradigan davlatlar orasiga qo‘shildi. Levandovski va uning do‘stlari "D" guruhiga joylashishdi. Ularni Frantsiya, Niderlandiya va Avstriyaga qarshi o‘yinlar kutmoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q