Evropa ligasi finali evrokuboklar taqdiriga jiddiy ta'sir qilishi mumkin

  • 20.05.2026 22:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

20 may kuni "Istanbul" shahrida Evropa ligasi-2025/26 finali bo‘lib o‘tadi. Unda “Aston Villa” va “Frayburg” o‘zaro to‘qnash keladi.

Shuningdek, kelasi hafta Evropa konferensiyalar ligasi va Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahslari ham o‘tkaziladi.

"Forbes Sport" ma’lumotiga ko‘ra, moliyaviy jihatdan Evropa ligasi finali hatto Chempionlar ligasi finalidan ham muhimroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Manbada ta’kidlanishicha, ushbu uchta final natijalari butun Evropa bo‘ylab evrokubok yo‘llanmalari taqsimotiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, klublar uchun katta moliyaviy daromad va bonuslar ham aynan ushbu bahslar orqali hal bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!