
Evropada transfer oynasining so‘nggi oyidagi asosiy intrigalari
Evropada transfer oynasi yopilishiga bir oycha vaqt qoldi, ammo ko‘plab savollar hamon ochiqligicha qolmoqda. Shu sabab bugun biz yaqin vaqt ichida amalga oshishi mumkin xaridlarga to‘xtalishga qaror qildik.
“Roma”ga keraksiz Shomurodov A seriyaning qaysi jamoasiga o‘tadi?
Bir necha kundan beri o‘zbek OAVda Eldor Shomurodovning keyingi jamoasi qaysi bo‘lishi mumkinligi borasidagi taxminlar ko‘payib ketdi. Boisi, legionerimiz yozda “Roma”ni tark etishi aniq bo‘ldi. Buni futbolchining agenti Qahhor Mo‘minov ham tasdiqladi. Italiya matbuotida Shoma uchun dav’ogar klublar nomi ma’lum qilindi: “Torino”, “Sampdoriya”, “Sassuolo” va “Bolonya”. Yozda Andrea Belottidan ayrilgan “buqalar” o‘z safiga terma jamoamiz sardorini qo‘shib olmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, Franchesko Kaputoga o‘rinbosar qidirayotgan “Sampdoriya” ham Eldor uchun da’vogarlar qatoridan joy oldi.
So‘nggi kunlarda esa Shomurodov uchun xaridorlar ro‘yxatiga “Sassuolo” va “Bolonya” ham qo‘shildi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, yuqorida nomi keltirilgan A seriya jamoalari orasida Eldor uchun asosiy favorit “Bolonya” bo‘lib turibdi. Hatto, buni taniqli insayder Nikola Skira ham tasdiqladi. Jurnalistning xabar berishicha, “qizil-ko‘klar” forvardni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni mo‘ljallamoqda. Tomonlar Eldorning transferi borasida kelishuvga erishgan va yaqin 48 soat ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etib, Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klubga o‘tmoqchi. Ammo Ronalduning "qizil iblislar" bilan yana bir yillik shartnomasi bor, shuning uchun uning transferining amalga oshishi qiyin. Shuningdek, ko‘plab xaridorlarni hujumchining maosh ham cho‘chitmoqda. Natijada ancha murakkab masala hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik Ronalduni “Atletiko”ga o‘tishini taxmin qalayotgan edi, ammo Madrid klubi prezidenti bu ma’lumotni inkor qildi. Krishtianuning agenti Xorxe Mendesh va “qizil iblislar” rahbariyati futbolchini boshqa klubga ijara asosida o‘tishi borasida muzokara olib bordi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmadi.
Hozircha portugaliyalik faoliyatini qaerda davom ettirishi sirligicha qolmoqda. Transfer oynasi tugab borayotganini inobatga olsak, Ronalduda oz vaqt qolmoqda. "Chelsi" va "Bavariya" ham KriRo uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etildi, amm bu ham tezda rad etishdi. Ehtimol, Lukaku va Levandovski kabi etakchilaridan ayrilgan klublar tajribali hujumchini yordamga chaqirar?! Kuzatamiz. Shuningdek, Ronaldu “Old Trafford”da qolishi ham mumkin. Barchasi, yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.
"Bavariya" hujum chizig‘ini kim bilan kuchaytiradi?
Robert Levandovski Myunxenni tark etgach, "Bavariya" markaziy hujumchisiz qoldi. Yosh Mattis Tel kelajak uchun amalga oshirilgan xarid bo‘lib, katta ehtimol bilan bu yil asosiy hujumchiga o‘rinbosari bo‘ladi. Matbuotning yozishicha, myunxenliklarning asosiy maqsadi - Xarri Keyn. Biroq, "Tottenxem" o‘z sardorini qo‘yib yuborishni istamayapti, ammo vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. Keynning “shporlar” bilan yana ikki yillik shartnomasi bor va hujumchining o‘zi sovrinlar qo‘lga kiritishni istayotganini yashirmayapti.
Asosiy muammo - transfer narxi. Keyn juda qimmat va asosiy savol "Bavariya" ko‘p pul to‘lashga tayyormi yoki yo‘qmi?! Biroq, “nemis mashinasi” uchun boshqa nomzod yo‘q. OAV “Bavariya” Ronalduning transferini rad etishi va Raul de Tomasga qiziqish bildirgani haqida xabar berdi. Hozirda vaziyat qay holda rivojlanishini kutish qoldi, xolos.
De Yong: "Barselona" yoki "Manchester Yunayted"
"Manchester Yunayted"ning transfer oynasidagi asosiy maqsadi – Frenki de Yong. "Barselona" yarim himoyachini sotishni istamoqda va uning transferiga rozi bo‘ldi, biroq gollandiyalikning o‘zi boshqa klubga o‘tishni istamayapti. Kataloniyaliklar Frenkini tarkibda saqlab qolishga tayyor, ammo undan maoshini kamaytirishni so‘ramoqda. Biroq de Yong bu taklifni keskin rad etdi.
“Manchester Yunayted” kutishda davom etmoqda va gollandiyalik futbolchi “Old Trafford”ga o‘tishga rozi bo‘lishidan umid umid uzgani yo‘q. Aslida, bu holatda ikkita intriga bor — de Yong "Manchester Yunayted"ga o‘tadimi yoki gollandiyalik futbolchi "Barselona"ning shartiga rozi bo‘ladimi? Savollar ko‘p, ammo aniq javob yo‘q.
"Chelsi"ni kim kuchaytiradi?
Londonliklarning muvaffaqiyatsiz transfer mavsumi allaqachon memlarga aylangan. "Chelsi" Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib ololmadi, Robert Rafinya, Levandovski va Jyul Kunde esa “Barselona”ni tanladi. Usmon Dembele ham “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasini uzaytirdi . Tomas Tuxel tarkib yangi futbolchilarga muhtojligini va vaziyat murabbiy hamda yangi rahbariyat o‘rtasida ziddiyatga etib borishi mumkinligini yashirmayapti. Klub Kalidu Kulibali va Raxim Sterlingni sotib olish bilan cheklanib qolishni istamayapti.
“Chelsi” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan: Xarri Keyn, Danzel Dyumfris, Nordi Mukiele, Allan Sent-Maksimin. Umuman olganda, Tuxel "Liverpul" va "Manchester Siti" bilan raqobatlasha oladigan jamoa tuzmoqchi. Ammo hozircha klub buning yo‘lini topa olmayapti.
"Barselona" Messini ortga qaytaradimi?
Buning amalga oshish imkoniyat past, ammo so‘nggi paytlarda "Barselona" Lionel Messini ortga qaytarishi mish-mishlar tarqalmoqda. Bir yil avval kataloniyaliklar argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmagani uchun qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgandi. Biroq, klub prezidenti Joan Laporta Messini “Kamp Nou”ga qaytarish istagini oshkora e’lon qildi.
Ochig‘i, bunga ishonish qiyin, ammo "Barselona"ning barcha moliyaviy muammolari hal etilmagan. Kataloniyaliklar hozircha yangi kelganlarning ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolarni hal qilgani yo‘q. Qolaversa, “Barselona”, “Chelsi” futbolchisi Sezar Aspilikueta va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva transferlarini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Shunga qaramay, Messi haqidagi savol haligacha kun tartibida turibdi.
Jamshidbek Mahmudov tarjimasi
Fikrlar