
Evropaning eng kuchli jamoasi 24 sentyabr kuni aniqlanadi
Xabaringiz bor, "Bavariya" kecha Kingsli Komanning yagona goli evaziga finalda PSJni (1:0) engdi va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Endi myunxenliklar qit’ada eng kuchli ekanliklarini yana bir bor isbotlash uchun Evropa ligasi g‘olibi bo‘lgan "Sevilya"ga qarshi UEFA Superkubogida maydonga tushadi. Ushbu bellashuv 24 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan "Pushkash Arena"da bo‘lib o‘tadi.
UEFA Superkubogining amaldagi g‘olibi “Liverpul” hisoblanadi.
Fikrlar