Yevropaning eng kuchli klubi 100 million evrolik vunderkinddan yuz oʻgirdi

  • 19.07.2026 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” rahbariyati “Lill” klubi va Marokash milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Ayub Buaddi uchun kurashda ishtirok etmaslikka qaror qildi.

18 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqish jahon chempionati davomida ancha kuchaydi. Marokash terma jamoasi ushbu turnirda chorak finalgacha yetib borgan edi.

Biroq jurnalist Devid Ornshteyn ma’lumotiga ko‘ra, PSJ bu yozda Buaddini sotib olishga urinmaydi.

“Lill” klubi mutasaddilari yosh yulduz uchun taxminan 100 million yevro talab qilmoqda va bunday narx Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblarini qoniqtirmaydi.

Futbolchining asosiy da’vogarlaridan biri sifatida “Manchester Siti” ko‘rilmoqda va klub yaqin vaqt ichida yarim himoyachi bo‘yicha aniq muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!