
Evropaning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilari kimlar?
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) Evropa qit’asining so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Manuel Noyer (Germaniya).
Himoyachilar: Filipp Lam (Germaniya), Serxio Ramos (Ispaniya), Virdjil van Deyk (Niderlandiya), Leonardo Bonuchchi (Italiya).
Yarim himoyachilar: Toni Kroos (Germaniya), Andres Inesta (Ispaniya), Luka Modrich (Xorvatiya), Kevin de Bryuyne (Belgiya).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Robert Levandovski (Polsha).
Fikrlar