Evropaning yana beshta terma jamoasi mundialga yo‘llanma oldi (To‘liq ro‘yxat)

  • 19.11.2025 07:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilning yozida futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatiga birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.  

Ushbu musobaqaga chiqish uchun o‘tkazilayotgan  Evropa mintaqaviy saralash turnirida yana beshta mamlakat terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi.

Bular Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya va Belgiya terma jamoalaridir.

2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning hozirgi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi

AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Kot-d'Ivuar, Frantsiya, Xorvatiya, Norvegiya, Portugaliya, Germaniya, Niderlandiya, Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya va Belgiya.

Mundialning 48 ta o‘rnidan 39 tasi to‘ldi. Terma jamoalar yana 9 ta yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!