
"Eyndxoven kubogi". Bokschilarimizni to‘xtata olishmayapti!
"Eyndxoven kubogi" o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib keldi. Kun davomida 3 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.
Abdumalik Xalokov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, mezbon Mahmud Al Chabtunni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -70 kg vaznda ozarbayjonlik Nabi Isgandarovni 5:0 hisobida engdi. Ushbu bahsdan so‘ng, "World Boxing" tashkiloti prezidenti Boris van der Vorst bokschimiz bilan uchrashib, uning jangi kechaning eng yaxshi yarim finallaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.
To‘rabek Xabibullaev esa kunni chiroyli g‘alaba bilan yakunladi. Charm qo‘lqop ustamiz -90 kg vaznda qozog‘istonlik Tog‘ambay Sag‘indikga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida raqib ustidani g‘alaba qozondi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar
боксчиларимиз футболчидардан зур!