"Eyndxoven kubogi". Bugun 3 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi!
Ahmadbek Eshmatov
Hamyurtlarimiz ishtirok etayotgan "Eyndxoven kubogi"da bugun final bahslari bo‘lib o‘tadi
Niderlandiya davlatida davom etayotgan boks bo‘yicha "Eyndxoven kubogi" bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. Hamyurtlarimiz 100 foizlik natija bilan ushbu bosqichga etib kelishgan.
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jek Driden (Angliya);
-70 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston);
-90 kg: To‘rabek Xabibullaev - Kiss Milan (Vengriya).

Bugungi finallar Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)