
Fabino "Liverpul" bilan xayrlashdi
Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi yangi futbolchisi Fabino so‘nggi besh mavsum davomida himoya himoya qilgan "Liverpul" bilan xayrlashdi.
"Men o‘z uyimni tark etdim. Bu klubda meni birinchi kundanoq juda iliq kutib olishdi. Men o‘zimni oila a’zosidek his qildim. Shu besh yil ichida men futbolchi va inson sifatida o‘sdim. Men bu klubni juda yaxshi ko‘raman”, - dedi braziliyalik yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabino Saudiya klubi bilan 2026 yilning o‘rtalariga qadar hisoblangan mehnat shartnomasini imzolagan edi.
Fikrlar