Fabio Kannavaro: "Misrda top futbolchilar yig‘ilgan, biz ham eng yaxshi sifatlarini ko‘rsatamiz"

  • 14.11.2025 09:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz BAAdagi “Al Ain Cup” xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashish uchun amirliklarga etib borgan va bugun ilk o‘yinini Misr termasiga qarshi o‘tkazadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. G‘olib jamoa finalda Eronga qarshi o‘ynaydi. Yutqazgani esa uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kechagi mashg‘ulotdan keyin O‘FA matbuot xizmatiga o‘yin oldidan bir qator masalalarda fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Juda kuchli raqibga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Misr juda yaxshi terma jamoa. Ular 30 ta uchrashuvning 2 tasida mag‘lub bo‘lishgan. Jamoada top futbolchilar yig‘ilgan. Biz ham yaxshi sifatlarimizni ko‘rsatamiz. Bunday uchrashuvlar ikki jamoa uchun ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Terma jamoaga yosh futbolchilarni jalb qilmoqchiman. Hozirgi vaqtda imkon qadar ko‘proq o‘yinchilarni chaqirgan bo‘lardim. Ularni mashg‘ulotlardagi va o‘yinlardagi holati qanday? Yigitlar bilan suhbatlashib ko‘rishim kerak. Mening ro‘yxatimda yosh futbolchilar ko‘p. Biroq, hozircha 26 nafar futbolchilarni jalb qilish imkoniyatimiz bor. Jahon chempionatiga qadar ko‘proq o‘yinchilarni ko‘rib olmoqchimiz.

Albatta, barcha uchrashuvlarni ko‘rib bormoqdaman. Umid qilamanki, yosh o‘yinchilar jahon chempionatida yaxshi natija ko‘rsatishadi. Bunday musobaqa yoshlar uchun katta tajriba vazifasini o‘tab beradi. Yigitlarga omad tilayman va albatta barcha o‘yinlarni kuzatib boraman.

Ha, Abbos Fayzullaev hozircha jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurgani yo‘q. Ushbu yig‘inga jalb etilmaganining asosiy sababi ham mana shunda. Men u bilan ham doimiy aloqadaman. Futbolchilarning ahvolini bilib turishim juda ham muhim. Bu mening ishim. O‘yinchilar bilan suhbat olib borish, buning yagona sababi esa terma jamoadagi xatolarni to‘g‘rilab, yaxshi tomonga o‘zgartirib borish", - deydi Kannavaro. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!