Fabio Kannavaro O‘zbekiston U-17 va Italiya U-17 uchrashuviga izoh berdi

  • 18.11.2025 13:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi 1/8 final bosqichi uchrashuvi oldidan yosh futbolchilarga omad tiladi.

“Italiya va O‘zbekiston uchrashuvida mening taqdirim mujassam. Dohadagi Jahon chempionatining 1/8 finalida O‘zbekiston va Italiya terma jamoalari maydonga chiqishga tayyorlanmoqda. Bu mening porloq kelajagim va tarixim. Ayni paytda ichimdan kuchli his-tuyg‘ular va hayajonlar o‘tmoqda. Omad tilayman, bolalar, siz ajoyib musobaqada o‘ynayapsizlar. Shunday qilib rivojlanamiz. Shunday qilib orzu qilamiz,” — deb yozdi italiyalik mutaxassis o‘z Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
18/11/2025 13:46
Кизик??? Канаваро кайси мамлакатга мухлислик киляпти экан! Узбекистонга мухлислик килсин! Чунки эрта келажакда шу болаларнинг ичидан терма жамоамизни мустахкамлаши мумкин!