Fabregas APL klublari safidagi 500-o‘yinida maydonga tushdi
Xabaringiz bor kecha APLning 21-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Sautgempton" (0:0) bilan nursiz durang qayd etdi.
E’tiborlisi, ushbu uchrashuv "aristokratlar" yarim himoyachisi Sesk Fabregas uchun ingliz klublari safidagi yubiley 500-o‘yin bo‘ldi. 31 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas "Chelsi" sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U bungacha shuningdek 2003-2011 yillarda "Arsenal" safida ham to‘p surgan.
Bundan avvalroq Fabregas faoliyatini "Monako"da davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar