
FAKT! Superliga yakunlangan mavsumida eng ko‘p muxlis qaysi o‘yinga tashrif buyurganini bilasizmi?
Superliganing 2022 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Shiddatli kechgan musobaqa oxirida Toshkentning "Paxtakor" klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Biz sizga yakunlangan chempionat statistikalarini taqdim etishni davom ettiramiz.
Namanganning "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida "Bunyodkor" bilan kuch sinashgandi. 7-tur doirasida kechgan bahsni kuzatish maqsadida Namangandagi "Markaziy" o‘yingohiga 26 231 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
Ushbu natija yakunlangan mavsumning eng yaxshisi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur o‘yinda "lochinlar" 2:1 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar