Falastin va Qatar yirik hisobda zafar quchdi
Jahon chempionati saralashining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Qatar mazkur turda Quvaytni o‘z maydonida qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda Afif dubl qilgan bo‘lsa, Al-Ravi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alaba orqali Markes shogirdlari 9 ochko bilan "A" guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.
Qatar 3:0 Quvayt
Falastin Bangladeshni ayab o‘tirgani yo‘q. Mezbonlar javobsiz 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
Dabbag xet-trik qildi, Qumbor esa ikki bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Falastin "I" guruhida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Falastin 5:0 Bangladesh

Fikrlar