Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Farg'onada belbog'li kurash bo'yicha Jahon va Osiyo chempionati o'tkazilmoqda

Javohir Malikov
Izohlar: 0

9-14 iyun kunlari Farg‘ona shahrida o‘smirlar va qizlar (U-17) o‘rtasida jahon chempionati hamda erkaklar va ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 9-14 iyun kunlari Fargʻona  shahridagi "Samo"  nomli sport  majmuasida ilk bor belbogʻli kurash boʻyicha oʻsmirlar va qizlar (U-17) oʻrtasida jahon chempionati hamda erkaklar va ayollar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.

Shu bois kecha 9 iyun kuni chempionat oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va sport jamoatchiligi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Fargʻona viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov, kattalar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turgʻunpoʻlatov ishtirok etib, musobaqalarning tashkiliy jihatlari hamda kutilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berdishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Xalqaro belbogʻli kurash assotsiatsiyasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Osiyo belbogʻli kurash konfederatsiyasi, Fargʻona  viloyat sport  boshqarmasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan ushbu Jahon va Osiyo chempionatida Hindiston,  Indoneziya, Turkiya, Latviya, Rossiya, Misr, Mongoliya, Polsha, qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 30 ga yaqin davlatlarning eng nomdor polvonlari ishtirok etishmoqda. 

Reglamentga koʻra, 10-11 iyun kunlari oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida (U17) jahon chempionati oʻtkazilsa, 13-14 iyun kunlari belbogʻli kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati bellashuvlari boʻlib oʻtadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q