Farhod Miraҳmadov "Kattaqo‘rg‘on" futbolchisi

  • 09.03.2026 12:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Kattaqo‘rg‘on" Farhod Mirahmadovni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsumni Qirg‘iz Respublikasi chempionatida o‘tkazgan Farhod Mirahmadov 2026 yilning oxirigacha biz bilan bo‘ladi.

1994 yilda tug‘ilgan fulbek faoliyati davomida "Oqtepa", "Obod", "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Andijon", "Bunyodkor" va "Qo‘qon-1912" klublari sharafini himoya qilgan.

Uning "Kattaqo‘rg‘on"dagi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!