Fati "Barselona" bilan shartnomani uzaytirmoqda
Ansu Fati yaqin orada "Barselona" bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar berdi.
Undan so‘ng futbolchi Frantsiyaning "Monako" klubiga ijara asosida yo‘l oladi. Avvalroq, ijara shartnomasiga futbolchini 11 million evro evaziga sotib olish imkoni kiritilishi haqida xabar berilgandi.
Shu bilan birga, agar frantsiyaliklar Fatini butunlay sotib olsa, kataloniyaliklar ispaniyalik vingerni qayta xarid qilish huquqini saqlab qoladi — bu band 28 million evro atrofida baholanmoqda. Hozirda klublar ushbu band shartlarini kelishib olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fatining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar