Fayzullaev Evropaga ketsin!

  • 9 oktabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yaqindagina 21 yoshni qarshi olgan Abbosbek Fayzullaev Rosiya Premer-ligasining eng yorqin o‘yinchilaridan hisoblanadi.

Ayniqsa, hujumkor futbolchimiz TsSKA safidagi so‘nggi uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazib, jamoasining g‘alabalariga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Rossiya futboli tahlilchilari Abbosbek Fayzullaevning iste’dodini alohida e’tirof etib keladi. Rus matbuoti ham o‘zbek futbolchisi haqidagi ma’lumotlarni ko‘p tarqatishga e’tibor beradi. Chunki Fayzullaev Rossiyaga ko‘chib o‘tganidan beri futbol jamoatchiligi diqqat markazidan bo‘lib kelmoqda.

Taniqli futbol murabbiyi Aleksandr Tarxanov Abbosbek Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati haqidagi savollarga javob berdi.

- Aslida Evropaga transfer masalasida maslahat berish juda qiyin ish. Ko‘p narsa klubning pozitsiyachiga, o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor ekaniga bog‘liq bo‘ladi.

Biroq adolat yuzasidan olib qaraganda Evropa, maydonlarda to‘p tepish bebaho tajriba bo‘ladi va xalqaro darajada o‘zingini ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Agar Fayzullaevga takliflar bo‘lsa, Evropada o‘ynagani ketgani ma’qul. Aslida bizning o‘yinchilarga doim xorijdan qiziqish bo‘ladi. Agentlar ularni muntazam kuzatib boradi.

Bundan tashqari, Abbos O‘zbekistondan, ular Osiyo kubogida o‘ynaydi, qit’a miqyosidagi musobaqalarda ham doim kuzatuvlar bo‘ladi, - dedi Aleksandr Tarxanov.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili avgustda TsSKA kutilmagan transferni amalga oshirib, o‘zbek futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Toshkentliklarga bu transfer 500 ming evro keltirdi. Fayzullaev qisqa fursatda o‘zini ko‘rsata oldi va “armiyachilar” safida asosiy figuralardan biriga aylandi. Legionerimiz TsSKAning hujumlariga mas’ul o‘yinchi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda bu jamoa Premer-ligada eng ko‘p gol urdi. Kiritilgan to‘pularda o‘zbekistonlik hujumkor futbolchining xizmati katta.

Abbosbek Fayzullaev bir yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasidan joy olib kelmoqda. Turli terma jamoalarimizdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari ortidan Germaniyaning “Bavariya”, Italiyaning “Parma” va Ispaniyaning “Vilyarreal” klublari hamyurtimizni kuzatuv ostiga olgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

21 yoshli pleymeyker TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida  jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ettita gol yozdirdi va jamoadoshlariga 19 ta golli pas uzatdi.

Ayni paytdi Fayzullaevning transfer summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

“Roma” 13 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Shomurodov bilan ham!

Husanov qarshisida Frantsiya hujumchilari titraydigan bo‘lib qoldi...

Husanov terma jamoaga katta syurpriz bilan keladigan bo‘ldi!

Husanov eng xavfli hujumchini to‘xtatdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/10/2024 20:12
50 марта кайтараверинглар Просмотр куп булади.Бошка янгилик куйса булмайдими?