Fayzullaev TsSKAga qaytib kelishga so‘z berdi

  • 28.07.2025 15:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

TsSKA himoyachisi Danil Krugovoy Abbosbek Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tishi haqida gapirdi.

 O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli futbolchisi Turkiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani xabar qilingandi.

"Albatta, hammamiz Abbosni sog‘inamiz. Lekin u qaytib kelishga va’da berdi (kulimsirab). Turkiya chempionati Fayzullaev uchun jahon chempionati oldidan tramplin deb o‘ylayman. Unga muvaffaqiyat tilayman.

Abbos yaxshi futbolchi va inson. Jin ursin, u bilan o‘ynash juda zavqli edi... Ayniqsa, 3-4-3 sxemasida u vinger, men esa chap qanotda o‘ynadik", - dedi TsSKA himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!