Fazliddin Erkinboev va Sabirjan Akkalikov o‘rtasidagi yarim final jangi bekor qilindi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
Bugungi yarim final doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, -75 kg vazndagi Fazliddin Erkinboev va qozog‘istonlik Sabirjan Akkalikov ishtirokidagi bahs Fazliddinning qo‘lidan olgan jarohati sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Bokschimiz yarim finalda o‘z yurishini yakunladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar