Felish Evropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Joau Felish Golden Boy-2019 mukofoti sohibi bo‘ldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki ushbu mukofot 21 yoshdan katta bo‘lmagan evropalik futbolchiga beriladi. Felish sport jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan. Portugaliyalik “yangi Ronaldu” jami 332 ta ovoz to‘plagan.
Bu borada Felishdan keyingi o‘rinlarni "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho (175) va "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertslar (75) egallashdi.

Fikrlar