
Felish: "VAR bo‘lmasa o‘yin qiziqroq bo‘ladi"
Joriy mavsumda "Chelsi"da ijara asosida o‘ynayotgan "Atletiko" Madrid hujumchisi Joau Felish VAR tizimiga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
"VAR ko‘p xatolarni bartaraf qiladi, ammo futbol bu xatolardan tashkil topgan o‘yin. Futbolchilar ham, hakamlar ham xato qiladi.
VAR bo‘lmasa, bu o‘yin qiziqroq bo‘lar edi. Xatolar bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi va shunisi futbol", - deya portugaliyalikning so‘zlarini yozadi "Daily Mail" nashri.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli portugaliyalik hujumchi bu mavsumda APLda atigi bir marta maydonga tushdi va qizil kartochka oldi.
Fikrlar