"Fenerbaxche" nega aynan 37 yoshli Jeko bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi
“Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal istanbulliklar nega aynan bosniyalik hujumchi Edin Jeko bilan shartnoma imzolashga qaror qilganliklarini aytib berdi.
“Uning kelishi boshqa xorijlik futbolchilarning transferlaridagi mavqeimizni mustahkamlaydi. Ba’zida Jeko sxemada bitta hujumchi bilan, ba’zan esa juftlikda o‘ynashi mumkin”, - dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Jeko shu yozda "Inter"dan "Fenerbaxche"ga o‘tgan edi. Bosniyalik futbolchi avvalroq "Volfsburg", "Manchester Siti" va "Roma"da to‘p surgan.
“Fenerbaxche” o‘tgan mavsum yakunida “Galatasaroy”dan 8 ochko ortda qolib ketgan va Turkiya chempioni bo‘la olmagan edi.
Fikrlar