Ferran Torres Flikni o‘ylantirib qo‘ydi: hal qiluvchi o‘yinni asosiyda boshlashi mumkin

  • 12.04.2026 15:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres "Espanol"ga qarshi derbida ko‘rsatgan o‘yini bilan bosh murabbiy Hans-Diter Flikda katta taassurot qoldirdi. Ispaniyalik futbolchi dubly qayd etib, jamoasining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, nemis mutaxassisi Torresning formasidan juda mamnun va uni Chempionlar ligasi 1/4 finali javob bahsida "Atletiko"ga qarshi asosiy tarkibda tushirish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Kataloniya klubi birinchi uchrashuvda 0:2 hisobida yutqazgani uchun Madriddagi bahs jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

E’tiborli jihati, Torres ushbu dubly orqali uzoq davom etgan golsiz seriyasiga ham barham berdi. U 31 yanvardan beri raqib darvozasini ishg‘ol qila olmayotgandi va bu seriya 14 ta o‘yinga cho‘zilgan edi.

Endi Flik uchun asosiy savol — hujum chizig‘ida aynan kimni tanlash. Torresning qayta ochilgan formasi "Atletiko"ga qarshi kambek rejasida muhim qurolga aylanishi mumkin. 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvda uning ilk daqiqalardan maydonga tushishi ehtimoli ancha yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!