"Ferrari" poygachisiga eng kuchsiz jamoadan boshqa variant qolmadi
Auto Motor und Sport sharhlovchisi Maykl Shmidt xabariga ko‘ra, Sayns va "Uilyams" o‘zaro muzokaralarni davom ettirmoqda. Qayd etilishicha, "Uilyams" hozirda Karlosga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Lekin, kelishuv 2+1+1 sxemasi bo‘yicha tuziladi. Sayns "Uilyams"ning muvaffaqiyati tezlashmasa, 2026 yil oxirida jamoani tark etishi mumkin. Lekin buni aksi bo‘lsa, ispaniyalik pilot 2028 yilgahsa jamoada qoladi.
Shuningdek, "Audi" hali ham Saynsga da’vo qilmoqda, biroq u “Formula 1” endi kirib keladigan jamoaning muvoffaqiyatiga ko‘zi etmayapti.
Bundan tashqari, Shmidt boshqa jamoalarning transferlar borasidagi so‘nggi ma’lumotlar haqida gapirdi. 18 yoshli Oliver Berman kelasi mavsumda 100 foiz "Haas" sharafini himoya qiladi, Esteban Okon esa katta ehtimol bilan uning sherigi bo‘ladi.
RB jamoasida Liam Louson hali ham Daniel Rikkardoni almashtirish imkoniyatiga ega, ammo rahbariyat sentyabr boshidan kechiktirmay yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.



Fikrlar