Fevzi Davletov OKMK ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

  • 6 aprel, 2024, 22:52
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Surxon" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida olmaliqliklardan ustun keldi. 

Sunnatulloh Hamidjonov hamda Asadbek Karimov tomonidan kiritilgan gollar "Surxon"ga 3 ochko taqdim etdi. Ushbu g‘alaba surxonliklar uchun mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. 

Bellashuvdan so‘ng surxonliklar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Uchrashuv haqida fikrlar

- Safar uchrashuvidan keyin ham psixologik ham jismoniy taraflama tiklanish qiyin bo‘ldi. Birinchi taymda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va to‘pni nazorat qilolmadik. Tanaffusda futbolchilarga ko‘rsatmalar berdim va ikkinchi bo‘limda himoyada ishonchli harakat qilgan g‘olda, ko‘p hujumlar uyushtirdik va birinchi va ikkinchi gollarni urdik.

- Omadsiz boshlangan uch turdan so‘ng Namangandagi uchrashuv biz uchun muhim edi. O‘sha uchrashuvda ko‘p kuch yo‘qotdik. Albatta, "Navbahor"ga qarshi bellashuvdan so‘ng tiklanish qiyin bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, jamoa o‘ziga keldi. Shu sababli, mazkur bahsda ancha ishonchli harakat qildik. Muxlislarimiz har bir bellashuvga uzoq masofadan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Buning uchun ularga rahmat aytaman. 

- Bugungi bellashuvda "Surxon"ga g‘alaba suv va havodek muhim edi. O‘yin davomida hisob yana ham yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Foydalanilmagan vaziyatlar haqida nima deya olasiz? 

- Dastlabki uchrashuvlardagi yo‘qotilgan ochkolardan so‘ng bunday o‘yin ko‘rsatishimiz tabiiy edi. Nima bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz shart edi. Biz yaxshi natija ko‘rsatish uchun harakat qildik va bunga erishdik. 

- Potapov hamda Nimelining holati haqida

- Birinchi turdan o‘rin olgan "Paxtakor"ga qarshi bahsda Nimeli jarohat olgandi. hozir u tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Potapov esa hozircha tayyor emas. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тулкинбой
07/04/2024 13:11
Маладес сурхон