
FIFA Afrikada yagona chempionat tashkil qilmoqchi
FIFA prezidenti Janni Infantino Afrikada yagona futbol ligasini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Shuningdek, tashkilot prezidenti butun mintaqada FIFA talabiga javob beradigan stadionlar qurish niyatidaligini aytib o‘tdi.
"Biz Afrikada 20 ta eng kuchli klublarni tanlab olib, ular o‘rtasida yagona liga tashkil etish niyatidamiz. Bunday chempionat bir yilda 200 million dollar foyda keltirishi va dunyodagi top-10 chempionat ro‘yhatiga kirishi mumkin.
Buning uchun ushbu qitadagi xar bir davlat uchun milliard dollar ajratib, FIFA talablariga mos keladigan stadionlar qurish va eng xalol va malakali hakamlarni yig‘ib, ularga yaxshi maosh taklif qilishimiz kerak," - deydi Infantino
Fikrlar