FIFA ikki xalqaro tanaffusni birlashtirdi
FIFA sentyabr va oktyabrdagi xalqaro tanaffuslarni birlashtiradigan bo‘ldi.
Kelgusi mavsumdan boshlab, sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslar FIFA rasmiy saytidagi taqvimga muvofiq, taxminan uch hafta davom etadigan bitta tanaffusga birlashtiriladi. Noyabrdagi tanaffus esa avvalgidek qoladi.
Bu davrda har bir jamoa hozirgidek ikkita emas, to‘rttagacha o‘yin o‘tkazadi.
2026 yilda birinchi kuzgi xalqaro tanaffus 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha davom etadi. Yangi jadval kamida 2030 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar