FIFA mundialdagi mojarodan keyin qoidalarni o'zgartirmoqchi
FIFA toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan qizil kartochkalar uchun avtomatik ravishda beriladigan bir oʻyinlik diskvalifikatsiyani vaqtincha toʻxtatib turishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.
Qoidalarga oʻzgartish kiritish tashabbusi AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun bilan bogʻliq mojarodan soʻng paydo boʻldi. U Jahon chempionati–2026 davomida darhol maydondan chetlatish jazosidan qutulib qolgani katta bahslarga sabab boʻlgan edi.
Taklif etilayotgan oʻzgartish FIFA kengashi muhokamasiga qoʻyildi. Qiziqishi shundaki, bu masala kun tartibiga soʻnggi daqiqalarda qoʻshildi: ikki hafta oldin eʼlon qilingan dastlabki kun tartibida faqat intizomiy tartib-qoidalarni qayta koʻrib chiqish nazarda tutilgan edi, xolos.
Yangilik qabul qilinsa, u faqat avtomatik bir oʻyinlik diskvalifikatsiyalarga taalluqli boʻladi. Undan koʻproq muddatga belgilanishi mumkin boʻlgan jazolarni vaqtincha toʻxtatib turish imkoniyati esa saqlanib qoladi. Eslatib oʻtamiz, FIFA avvalroq Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan jazoni yumshatgan, u Irlandiyaga qarshi jahon chempionati saralash bahsida maydondan chetlatilganidan soʻng diskvalifikatsiya muddati qisqartirilgan edi.

Fikrlar