Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA O‘zbekistonда futbol bo‘yicha jahon chempionati qachon o‘tkazilishi sanalarini e’lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jami 24 ta terma jamoa qatnashadi

U-20 yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati, yaʼni FIFAning yoshlar mundiali Oʻzbekiston va Ozarbayjonda 17 sentabrdan 9 oktyabrgacha oʻtkaziladi. Bu haqida AFU matbuot xizmatiga tayanib, Sports.kz xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2027 yilda boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati sanasi aniqlandi.

Yoshlar mundiali 2027 yil 17 sentabrdan 9 oktyabrgacha davom etadi. Unda dunyo boʻylab eng iqtidorli yosh futbolchilar jahon chempioni unvoni uchun maydonga tushishadi», — deyiladi telegram-kanaldagi xabarda.

Qayd etish joizki, 2027 yildagi U-20 yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati tarixda ilk bor turli futbol konfederatsiyalariga mansub ikki davlat — Oʻzbekiston va Ozarbayjon tomonidan birgalikda qabul qilinadi. 

Mundialni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror FIFA Kengashi tomonidan 2025 yil oktyabr oyida qabul qilingan. Musobaqada jami 24 ta milliy yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q