FIFA reytingi yangilandi: Frantsiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston terma jamoamiz kuchli 50 talikda!

  • 01.04.2026 18:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Mart oyidagi uchrashuvlardan keyin Fransiya milliy jamoasi ikki pog‘ona yuqorilab, reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz 50-pog‘onadan o‘rin oldi. Shuningdek, terma jamoamiz Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi.

Top-10 quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Fransiya
2. Ispaniya
3. Argentina
4. Angliya
5. Portugaliya
6. Braziliya
7. Niderlandiya
8. Marokash
9. Belgiya
10. Germaniya

Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz ushbu yig‘inning ilk o‘yinida Gabonni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bahsda esa Venesuelani penaltilar seriyasida yengishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!