FIFA va futbolchilar kasaba uyushmalari dam olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 13 iyul, 16:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi yillarda futbolchilar ko‘plab o‘yinlarda ishtirok etayotganligi va mavsumlar haddan tashqari cho‘zilayotganidan norozi bo‘lib kelayotgan edi. FIFA va xalqaro futbolchilar kasaba uyushmalari Nyu-Yorkdagi uchrashuvda futbolchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida yangi dam olish tartiblarini joriy etishga kelishib oldi. Qaror futbolchilarning ortiqcha yuklama va charchashidan kelib chiqayotgan muammolar ortidan qabul qilindi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi. Kelishuvga ko‘ra:

Tecno

Har bir o‘yin orasida kamida 72 soat tanaffus bo‘ladi;

Mavsum tugagach, futbolchilar kamida 21 kun dam oladi;

Har hafta kamida 1 kun dam olish kafolatlanadi.

FIFA bayonotida futbolchilar sog‘lig‘i muhim ahamiyatga ega ekani va bu me’yorlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalariga mosligi aytildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!